Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sud uzrli deb topgan sabablarga koʻra tiklanishi mumkin. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza sud hujjatini chiqargan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga beriladi. Ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida sud majlisida, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻriladi, biroq bu shaxslarning kelmaganligi oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun toʻsqinlik qilmaydi. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganligi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.