Fuqarolik protsessual kodeksi 90-modda. Ashyoviy dalillar

Ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan predmetlar ashyoviy dalillardir. Ashyoviy dalilni taqdim etuvchi yoki uni talab qilib olish toʻgʻrisida iltimos qilayotgan shaxs ushbu dalil orqali ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan qanday holatlarni aniqlash mumkinligini koʻrsatishi shart.