Ekspert (ekspertlar komissiyasi) tekshirishlarni oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi. Sud ekspertga oʻz xulosasini ogʻzaki tushuntirib berishni taklif qilish huquqiga ega. Ogʻzaki tushuntirish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi, ekspertga oʻqib eshittiriladi va ekspert tomonidan imzolanadi. Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasida quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi kerak: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizaning oʻtkazilish asosi; ekspertizani tayinlagan sud toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ekspert toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, mehnat staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan korxona, muassasa yoki tashkilot haqidagi maʼlumotlar; ekspert bila turib yolgʻon xulosa berganligi; ish yopiq sud majlisida koʻrilganda yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar; qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertiza ekspertlar komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asoslantirilgan javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar. Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar qonunchilikda belgilangan muddatlarda davlat sud-ekspert