Garov toʻgʻrisida 17-modda. Uchinchi shaxs (mulkiy kafil)ning garov xuni bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilmasligi oqibatlari

1. Qarzdor tomonidan kreditor oldidagi majburiyat bajarilmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatini taʼminlashga garov bergan uchinchi shaxs (mulkiy kafil) undiruvning garovga qoʻyilgan narsaga qaratilishidan saqlanish maqsadida bu majburiyatni bajarishga xaqlidir. 2. Undirish garov narsasiga uni sotish yoʻli bilan qaratilgan taqdirda, mulkiy kafil qarzdordan uning qiymatini va koʻrilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin.