1. Agar kimoshdi savdosi (ochiq savdo) amalga oshmagan deb eʼlon qilgan boʻlsa, garovga oluvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni ushbu Qonunning 19-moddasida nazarda tutilgan oqibatlar bilan dastlabki bahosida oʻzida qoldirishga haqlidir. 2. Kimoshdi savdosi (ochiq savdo) amalga oshmagan deb eʼlon qilinishi oqibatida garovga oluvchi garov narsasini oʻzida qoldirgan hollarda, u qonunlarga muvofiq oʻz talablariga nisbatan ustunlikka ega boʻlgan daʼvolarni qondirishi shart. Bunday hollarda garovga oluvchining javobgarligi bu mol-mulkning kimoshdi savdosi (ochiq savdo) uchun belgilangan dastlabki bahosidan oshmasligi lozim.