Garov huquqi: a) garov bilan taʼminlangan majburiyat ijro etilganda; b) garovga qoʻyilgan mol-mulk nobud boʻlganda; v) garov narsasiga boʻlgan huquq garovga oluvchiga oʻtganida; g) garovga qoʻyilgan mol-mulk majburan sotilganda; d) daʼvo muddati oʻtib ketganligi oqibatida garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha kreditorning oʻz talablari qanoatlantirilishi mumkin boʻlmaganda; e) garov narsasini tashkil etuvchi huquqning amal qilish muddati tugaganda; j) Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda toʻxtatiladi.