1. Yer bilan bogʻliq mol-mulk — imorat, inshoot, koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy shaxslar mulkida boʻlgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek turar joy binolari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonunlar bilan koʻchmas mulk sirasiga kiritilgan boshqa mol-mulk, shuningdek transport vositalari ipoteka narsasi boʻlishi mumkin. 2. Agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, koʻchmas mulkdan xoʻjalikda va oʻzga tarzda foydalanish natijalari, shu jumladan mahsulot, samara va boshqa daromadlar garovning mustaqil narsasi boʻlishi mumkin.