Agar shartnomada yoki qonunda oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, ipoteka garovi qoʻyuvchisi: a) asosli va joriy taʼmirlashni amalga oshirishni qoʻshgan holda ipoteka narsasining saqlanishi uchun zarur choralarni koʻrishi; b) ipoteka narsasini sugʻurta qildirishi; v) ipoteka narsasi nobud boʻlgan taqdirda, qiymati nobud boʻlgan narsa qiymatiga teng koʻchmas mulk berishi yoki muddat kelishidan qatʼi nazar, majburiyatni toʻliq hajmda yoxud uning tegishli qismini bajarishi; g) ipoteka narsasini ijaraga berganlik toʻgʻrisida garovga oluvchini xabardor qilishi shart.