Garov toʻgʻrisida 50-modda. Qimmatli kogʻozlar va pul mablagʻlari garovi

1. Qimmatli qogʻozlar garovi toʻgʻrisidagi shartnoma, agar qonunlar yoki tomonlarning kelishuvida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda tuziladi. 2. Tomonlarning kelishuviga binoan garovga qoʻyilgan qimmatbaho qogʻozlar saqlash uchun notarial idora yoki bankka depozitga topshirishi mumkin. 3. Garov narsasi hisoblanuvchi qimmatbaho qogʻozlardan keladigan daromadlar, agar shartnomada yoki qonun hujjatlarida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻladi. 4. 24 — 26-moddalarning qoidalari koʻrsatuvchiga toʻlanadigan qimmatbaho qogʻozlar garoviga nisbatan ham amal qiladi. 5. Garov narsasi hisoblanuvchi pul mablagʻlari notarial idora yoki bankning depozit hisobida saqlanadi. Ushbu summaga hisoblanadigan foizlar garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻladi. 6. Basharti, qimmatbaho qogʻozlar yoki pul mablagʻlarining garovga oluvchisi bank boʻlsa, unda garov shartnomasi notarial yoʻl bilan tasdiqlanmaydi va maxsus roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.