Garov toʻgʻrisidagi roʻyxatga olish yozuvi: a) garovga qoʻyuvchining (garovga qoʻyuvchilarning) va garovga oluvchining (garovga oluvchilarning) nomi va manzilini; b) garov toʻgʻrisidagi shartnomaning imzolanishi va amalga kirishi yoxud qonundan kelib chiquvchi garov yuzaga kelishi sanasini; v) garov bilan taʼminlangan majburiyat miqdorini; g) garov narsasining qisqacha tavsifi; d) garovga qoʻyuvchining garov narsasiga boʻlgan huquqlari xususiyatini oʻz ichiga olishi lozim. Agar garov narsasi kelgusida garovga qoʻyuvchi tomonidan sotib olinishi lozim boʻlsa, unda uni sotib olish mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.