Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olganidan soʻng hal qiluv qarorini tushuntirib berish toʻgʻrisidagi ariza bilan oʻn kun ichida aynan oʻsha hakamlik sudiga bu haqda hakamlik muhokamasining boshqa tarafini xabardor qilgan holda murojaat etishga haqli. Nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi hal qiluv qarorini tushuntirib berish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida uni koʻrib chiqishi kerak. Hakamlik sudi oʻzi qabul qilgan hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirib berishga haqli. Tegishli arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi boʻlgan hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.