Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi taraflari oʻrtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular tomonidan tashkil etilib, nizo koʻrib chiqilganidan keyin muvaqqat hakamlik sudi oʻz faoliyatini tugatadi. Hakamlik sudida raislik qiluvchi (nizo hayʼatda koʻrib chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka tartibda koʻrib chiqilayotganda) hakamlik bitimi nusxasini va muvaqqat hakamlik sudi tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani mazkur sud joylashgan yerdagi adliya organiga hakamlik muhokamasi boshlanguniga qadar yuboradi. Muvaqqat hakamlik sudini tashkil etish tartibi hakamlik bitimi taraflari tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.