Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega: fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun; jinoyatga yoki maʼmuriy huquqbuzarlikka chek qoʻyishda; ichki ishlar organi xodimiga qarshilik koʻrsatilishiga chek qoʻyishda; jinoyatni sodir etish chogʻida yoki uni sodir etganidan keyin darhol koʻrib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda; qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaxsni ushlashda; ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qoʻriqlab borish va qoʻriqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki oʻziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida; zoʻravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda; fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qoʻyishda; haydovchisi ichki ishlar organi xodimining toʻxtash toʻgʻrisidagi talabini bajarmagan transport vositasini toʻxtatishda; jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlashda; muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsib qoʻyishda. Ichki ishlar organi xodimi quyidagi maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega: rezina tayoqlar — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi , sakkizinchi , toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda; koʻzdan yosh oqizuvchi moddalar, gazli, shikastlantiruvchi qurol — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi , sakkizinchi , toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda; qoʻlkishanlar yoki boshqa bogʻlash vositalari — ushbu modda birinchi qismining uchinchi — yettinchi , toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar