Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 35-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish

Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali taʼminlanadi: sogʻligʻini saqlash; mehnatiga haq toʻlash; uy-joy maydoni bilan taʼminlash; mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash; xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish; davlat pensiya taʼminoti; davlat sugʻurtasi; ijtimoiy yordam koʻrsatish. Qonunchilikda ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.