Ichki ishlar organlari faoliyatni oʻz vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi: fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash; tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni oʻtkazish; jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek qoʻyishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yoʻli bilan kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish; huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash; ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy taʼsir koʻrsatishning boshqa choralarini ijro etish, shuningdek shaxslarni qidirish boʻyicha ishlarni tashkil etish; maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish, maʼmuriy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etish; yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash; pasport tizimi talablarining bajarilishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalarni berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish; fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning oʻq-dorilarining, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi sohasini nazorat qilish; ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish; davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan obyektlarni va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqla