Ipoteka toʻgʻrisida 10-modda. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma

Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu Qonun va boshqa qonunchilikning qoidalariga rioya etilgan holda tuziladi. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada nomi, turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi koʻrsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyatni bajarish muddati va garovga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi, shuningdek taraflar kelishuvga erishgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk ipotekaga qoʻyuvchiga qaysi huquqqa koʻra tegishli ekanligi va ipotekaga qoʻyuvchining bu huquqini roʻyxatdan oʻtkazgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) nomi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Agar garovga qoʻyuvchiga tegishli ijara huquqi garov narsasi boʻlsa, ijaraga olingan mol-mulk aynan uning oʻzi ipoteka narsasi boʻlgandagi kabi garov shartnomasida belgilanishi va ijara muddati koʻrsatilishi kerak. Ipoteka narsasini baholash ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yoki baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq ipoteka narsasini baholashdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati belgilangan holda koʻrsatilishi kerak. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi koʻrsatilishi kerak. Agar ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim boʻlsa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlari koʻrsatilishi kerak. Agar ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat qismlarga boʻlib bajarilishi lozim boʻlsa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada tegi