Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan birlamchi bozordan koʻchmas mulk olish chogʻidagi ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma mustasno) va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.