Ipoteka toʻgʻrisida 15-modda. Garov xati haqidagi shartlarni haqiqiy emas deb topish

Agar: mulkiy majmua sifatidagi butun korxona yoki unga boʻlgan ijara huquqi ipoteka narsasi boʻlsa; qarz summasi shartnoma tuzish paytida aniqlanmagan va bu summani lozim paytda aniqlash imkoniyatini beradigan shartlarni oʻz ichiga olmaydigan pul majburiyati ipoteka bilan taʼminlansa, garov xatini tuzishga va berishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada bayon qilingan garov xati haqidagi shartlar haqiqiy emas deb topiladi.