Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni ipotekaga oluvchining roziligisiz, agar ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga berishga, vaqtincha tekin foydalanish uchun berishga va boshqa shaxs bilan kelishuvga koʻra, unga bu mol-mulkdan cheklangan holda foydalanish huquqini berishga (servitutga) haqli boʻlib, bunda: mol-mulk foydalanishga berilayotgan muddat ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan oshmasligi; mol-mulk qanday maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan boʻlsa, shunga mos keladigan maqsadlarda foydalanishga berilishi shartlariga rioya etilishi kerak. Ipotekaga oluvchi ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratgan taqdirda, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilganidan keyin ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan ipotekaga oluvchining roziligisiz uchinchi shaxslarga berilgan barcha ijara huquqlari hamda bu mol-mulkdan foydalanishga doir boshqa huquqlar undiruvni mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran tugatiladi, agar ipotekaga oluvchining talablari sudga murojaat qilinmasdan qanoatlantirilayotgan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchi oʻrtasidagi undiruvni mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi kelishuv notarial tartibda tasdiqlangan paytdan eʼtiboran yoxud ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan shartlar asosida tugatiladi. Ipotekaga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni uchinchi shaxslar foydalanishiga ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat muddatidan ortiq muddatga yoki mol-mulk qanday maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan boʻlsa, shunga mos kelmaydigan maqsadlarda faqat ipotekaga oluvchining roziligi bilan berishi mumkin. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan boshqa shaxsga foydalanish uchun berilishi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ipotekaga qoʻyuvchini ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyich