Sudning undiruvni ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish haqidagi qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan ipotekaga oluvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar, mol-mulkni qoʻriqlash va realizatsiya qilishning uni realizatsiya qilish tugallanganidan keyin aniqlanadigan xarajatlari summasi bundan mustasno. Foizlarda hisoblab chiqariladigan summalar uchun foizlar qoʻshiladigan summa, foizlar miqdori va ular qoʻshilishi lozim boʻlgan davr; qiymatidan ipotekaga oluvchining talablari qanoatlantiriladigan ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk; undiruv qaratiladigan garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish usuli; garovga qoʻyilgan mol-mulkning realizatsiya qilishdagi boshlangʻich sotuv narxi. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotuv narxi ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi oʻrtasidagi kelishuv asosida, ular oʻrtasida nizo boʻlgan taqdirda esa, sud tomonidan belgilanadi; agar zarur boʻlsa, mol-mulk realizatsiya qilinguniga qadar uning asralishini taʼminlash choralari.