Kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak: kimoshdi savdosini oʻtkazish uchun asos; kimoshdi savdosi oʻtkazilgan joy va vaqt; kimoshdi savdosida olingan koʻchmas mol-mulkning nomi, tavsifi va taʼrifi, uning turgan joyi; mol-mulkning avvalgi egasi boʻlgan ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri); sotib oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri); xarid narxi; kimoshdi savdosini oʻtkazgan kimoshdi savdosi tashkilotchisining nomi va joylashgan yeri. Kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma kimoshdi savdosi tashkilotchisining muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.