Ipoteka toʻgʻrisida 45-modda. Majburiyatlar bajarilmaganligi toʻgʻrisidagi xabarnomaning mazmuni

Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak: ipotekaga qoʻyuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri); ipotekaga oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri); bajarilmagan majburiyatlarning qisqacha bayoni; asosiy majburiyatning, shuningdek garovga qoʻyilgan mol-mulkning sotilishi ehtimoliga qadar ipotekaga qoʻyuvchi toʻlashi kerak boʻlgan barcha yigʻimlar, chiqimlar va xarajatlarning umumiy rasshifrovkasi; xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida barcha qarzlarni toʻliq uzish toʻgʻrisidagi taklif; ipoteka narsasi boʻlgan garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish boʻyicha auksion oʻtkazilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish.