Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan, undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin ipotekaga oluvchining ipotekaga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida undiruv qaratilgan mol-mulk ushbu Qonunning 47-moddasiga muvofiq auksionda realizatsiya qilinadi. Ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchining talablarini qanoatlantirish haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv, agar u ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalar boʻyicha ipotekaga oluvchilar ishtirokida tuzilgan boʻlsa, haqiqiydir.