Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor va uchinchi shaxs boʻlgan ipotekaga qoʻyuvchi (ashyoviy kafil) ipotekaga oluvchining ipoteka bilan taʼminlangan barcha talablarini bu talablarning tegishli summalar toʻlangan paytdagi hajmida qanoatlantirib, undiruvning garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilishini tugatishga haqli. Bu huquq garovga qoʻyilgan mol-mulk sotilgan paytga qadar yoki ipotekaga oluvchi bu mol-mulkka boʻlgan huquqni belgilangan tartibda olgan paytga qadar istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish yoki mol-mulkni realizatsiya qilish tugatilishini talab qiluvchi shaxs ipotekaga oluvchiga undiruvni bu mol-mulkka qaratish va uni realizatsiya qilish munosabati bilan qilgan xarajatlarini qoplashi shart.