Korxona ipotekasi bilan taʼminlangan majburiyat ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan bajarilmagan taqdirda, undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka faqat sudning qaroriga binoan qaratilishi mumkin. Korxona mulkdorining huquq va majburiyatlari korxonani kimoshdi savdosida olgan sotib oluvchiga olingan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi.