Iqtisodiy protsessual kodeksi 107-modda. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish asoslari

Sud quyidagi hollarda daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldiradi, agar: 1) fuqarolik ishlari boʻyicha sud, iqtisodiy sud, hakamlik sudi, arbitraj sudi ish yurituvida ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga yoki arbitrajga koʻrish uchun topshirish toʻgʻrisidagi kelishuvi mavjud boʻlib, hakamlik sudiga yoki arbitrajga murojaat qilish imkoniyati boy berilmagan boʻlsa va, agar ishning iqtisodiy sudda koʻrilishiga qarshi boʻlgan javobgar oʻzining nizoning mazmuni boʻyicha birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining yoki arbitrajning hal qiluviga oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma bersa; 3) daʼvo arizasi imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; 4) qonunchilikka yoki shartnomaga koʻra qarz bank yoki boshqa kredit tashkiloti orqali undirib olinishi kerak boʻlishiga qaramay, daʼvogar javobgardan qarzini undirib olish uchun bankka yoxud boshqa kredit tashkilotiga murojaat etmagan boʻlsa; 5) daʼvogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa; 5¹ ) daʼvogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; 5² ) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan soʻng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa; 5³ ) taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa; 6) daʼvogar birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrilishi toʻgʻrisida arz qilmagan boʻlsa; 7) yuridik ahamiyatga ega boʻ