Iqtisodiy protsessual kodeksi 115-modda. Davlat bojini qaytarish

Davlat boji qonunchilikda belgilangan hollarda qaytarilishi lozim. Sud hujjatida davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarish uchun asos boʻladigan holatlar koʻrsatiladi. Davlat boji toʻlangan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan daʼvo arizalari (arizalar), apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlari boʻyicha hamda davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlari boʻyicha davlat bojini qaytarish sud tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida amalga oshiriladi.