Iqtisodiy protsessual kodeksi 140-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish

Sudya ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha, shuningdek agar bildirilgan talab ushbu Kodeksning 135-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etadi. Sudya arizani qabul qilishni rad etish haqida ushbu ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Arizani qabul qilish bildirilgan talab ushbu Kodeksning 135-moddasida nazarda tutilmaganligi asosida rad etilganligi kreditorning ushbu talab boʻyicha umumiy tartibda daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.