Sudya daʼvo arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay, sudgacha majlis oʻtkazilgan hollarda esa daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda oʻzi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan muddatlar, sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlar daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda bayon etilishi mumkin, bundan ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida sudgacha majlis oʻtkazish hollari mustasno.