Agar sud muzokaralari vaqtida yoki ulardan keyin sud qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur deb tan olsa, u dalillarni tekshirishni tiklaydi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. Dalillarni qoʻshimcha tekshirish tugaganidan keyin sud muzokaralari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.