Iqtisodiy protsessual kodeksi 203-1-modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.