Sudning yoʻqolgan sud ishini tiklash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida tiklanayotgan hujjatlarning mazmuni sudga taqdim etilgan va yoʻqolgan ish boʻyicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida tekshirilgan qanday aniq maʼlumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi koʻrsatiladi. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida yoʻqolgan sud ishi boʻyicha sud tomonidan qanday dalillar tekshirilganligi va qanday protsessual harakatlar bajarilganligini isbot qiluvchi sud xulosalari ham koʻrsatiladi. Yoʻqolgan ijro ishi, agar sud hujjatining ijrosi amalga oshirilgan boʻlsa, tiklanadi. Ijro hujjatining ijro etilishi toʻgʻrisidagi hujjat davlat ijrochisi tomonidan ijro etish chogʻida amalga oshirilgan va hujjatda aks ettirilgan harakatlarning mazmuni koʻrsatilgan holda sudning hal qiluv qarori bilan tiklanadi. Ijro varaqasining dublikati berilishi mumkin boʻlgan ijro ishi u ijro etilguniga qadar yoʻqolgan taqdirda, sud yoʻqolgan ijro ishini tiklash toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishni asoslantirilgan ajrim bilan rad etadi.