Iqtisodiy protsessual kodeksi 241-modda. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar boʻyicha vakolatlarini belgilash toʻgʻrisidagi bitim

Agar taraflardan hech boʻlmaganda biri chet ellik shaxs boʻlgan taqdirda va ular Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ularning iqtisodiyot sohasida amalga oshirgan faoliyati bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizoni koʻrish boʻyicha vakolatga ega deb belgilangan bitimni tuzsa va, basharti, bunday bitim chet davlat sudining mutlaq vakolatlarini oʻzgartirmasa, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ushbu nizoni koʻrish boʻyicha mutlaq vakolatlarga ega boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining vakolatlarini belgilash toʻgʻrisidagi bitim yozma shaklda tuzilgan boʻlishi kerak.