Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslarning, fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida daʼvo arizasi (ariza) taqdim etishi mumkin. Daʼvo taqdim etgan mazkur organlar va shaxslar daʼvogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno. Davlat organi va boshqa shaxsning oʻzi taqdim etgan daʼvo arizasidan (arizadan) voz kechishi daʼvogarni (arizachini) ishni mazmunan koʻrishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan daʼvogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan daʼvo arizasidan (arizasidan) daʼvogarning (arizachining) voz kechishi daʼvo arizasini (arizani) koʻrmasdan qoldirishga olib keladi.