Iqtisodiy protsessual kodeksi 80-modda. Ekspertiza

Ishni koʻrish vaqtida yuzaga keladigan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoki roziligi bilan ekspertiza tayinlaydi. Agar ekspertizani tayinlash qonunda belgilab qoʻyilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud taqdim etilgan dalilning qalbakilashtirilganligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish yoxud qoʻshimcha ekspertiza tayinlash zarur boʻlsa, sud ekspertizani oʻz tashabbusi bilan tayinlashi mumkin. Ekspertiza oʻtkazilishi zarur boʻlgan masalalar doirasi va mazmuni sud tomonidan belgilanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspertiza oʻtkazish vaqtida tushuntirib berilishi lozim boʻlgan masalalarni taqdim etishga haqli. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar taqdim etgan masalalar rad qilinganligini asoslab berishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar: oʻzlari koʻrsatgan shaxslarni ekspert sifatida jalb etish toʻgʻrisida ekspertizani muayyan ekspertiza muassasasida oʻtkazish haqida iltimosnoma bilan murojaat qilishga, ekspertni rad etish toʻgʻrisida arz qilishga; ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimga ekspert oldiga qoʻyilgan masalalarga qoʻshimcha masalalar kiritish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishga; ekspertga tushuntirishlar berishga; ekspert xulosasi bilan yoki xulosa berishning imkoni boʻlmaganligi haqidagi xabar bilan tanishishga; qoʻshimcha yoxud takroriy ekspertiza oʻtkazish haqida iltimos qilishga haqli. Sud ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida yoki ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda: ekspertizani tayinlash asoslari; ekspertning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki ekspertiza oʻtkazilishi lozim boʻlgan ekspertiza muassasasining nomi; ekspert oldiga qoʻyilgan masalalar; ekspert ixtiyoriga taqdim etiladigan materiallar va hujjatlar; ekspertizani oʻtkazish va sudga xulosani taqdim etish kerak