Jinoyat-ijroiya kodeksi 101-modda. Mahkumlarning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va kasb tayyorgarligi

Jazoni ijro etish muassasalarida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi beriladi va (yoki) mahkumlar ishlab chiqarishda kasbga oʻrgatiladi. Mahkumlarga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi berish va ularni kasbga oʻrgatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

16-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETISHGA HUKM QILINGAN SHAXSLARGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN RAGʻBATLANTIRISH VA INTIZOMIY JAZO CHORALARI