Jinoyat-ijroiya kodeksi 117-modda. Umumiy tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash shartlari

Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 70,3 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Mahkumlar yil mobaynida: olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv; oʻn ikki marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv; oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov; oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega.