Jinoyat-ijroiya kodeksi 120-modda. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni oʻtash tartibi

Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar; sud tomonidan qattiq tartibli koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar oʻtaydilar. Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi. Maxsus tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar.