Jinoyat-ijroiya kodeksi 152-modda. Mahkumlarning posilkalar, yoʻqlovlar, banderollar va pul joʻnatmalari olishi hamda yuborishi

Intizomiy qismda mahkumlar har oyda bitta posilka yoki yoʻqlov va cheklanmagan miqdorda banderollar olish huquqiga ega. Oʻz nomiga kelgan posilka, yoʻqlov va banderollarni mahkumlarning oʻzi intizomiy qism vakili nazorati ostida ochadi. Foydalanish taqiqlangan narsalar va buyumlar belgilangan tartibda olib qoʻyiladi. Mahkumlar nomiga kelgan pullar ularning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazilib, bu haqda ularga xabar qilinadi. Mahkumlar posilka, yoʻqlov, banderollar va pul joʻnatmalarini cheklanmagan miqdorda yuborishlari mumkin. Posilka, yoʻqlov, banderollar va pul joʻnatmalarini olish hamda yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.