Jinoyat-ijroiya kodeksi 23-modda. Korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari

Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur: mahkum egallash va shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish; probatsiya boʻlinmasiga hukm talablari ijro etilganligi toʻgʻrisida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yoʻllash; mahkum boshqa ishga oʻtkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda probatsiya boʻlinmasiga xabar qilish.