Jinoyat-ijroiya kodeksi 49-modda. Maxsus tartibli koloniyalar

Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, oʻta xavfli retsidivist deb topilgan erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun moʻljallangan. Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi.