Mahkumlarning gʻayrihuquqiy xatti-harakatlarini toʻxtatish, shuningdek oʻziga oʻzi zarar yetkazishining oldini olish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar ishlatilishi mumkin. Maxsus vositalar jumlasiga rezina tayoqlar, qoʻlkishanlar yoki boshqacha bogʻlash vositalari, xizmat itlari, koʻzdan yosh chiqaruvchi moddalar, chalgʻitma taʼsir koʻrsatuvchi nur-tovush moslamalari, toʻsiq-gʻovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar, inshootlarni ochish, transportni majburiy toʻxtatish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi. Maxsus vositalar quyidagi hollarda qoʻllaniladi: mahkumlarning muassasa maʼmuriyati vakillariga, boshqa mahkumlarga va oʻzga shaxslarga hujumini daf etish chogʻida; mahkumlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni, jamoat tartibini guruh boʻlib buzishlarni toʻxtatish, muassasa maʼmuriyatiga ashaddiy boʻysunmayotgan yoki qarshilik koʻrsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash chogʻida; garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va transport vositalarini ozod qilish chogʻida; mahkumlarni qoʻriqlab borish va qoʻriqlab turish chogʻida — qochishning oldini olish uchun; jazoni ijro etish muassasasidan qochgan mahkumlarni ushlash chogʻida. Maxsus vositalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qoʻllanilishi mumkin. Maxsus vositalar turlari, ularni ishlatish intensivligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzarning shaxsini inobatga olgan holda belgilanadi. Maxsus vositalarni qoʻllash mahkumlarga va boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar keltirishi lozim. Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik koʻrsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilingan hollar bundan must