Jinoyat kodeksi 103-modda. Oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish

Shaxsni qoʻrqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning shaʼni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yoki oʻzini oʻzi oʻldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish, – uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram boʻlgan shaxsga nisbatan; b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalanib sodir etilgan boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.