Jinoyat kodeksi 106-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish

Jabrlanuvchi tomonidan qilingan gʻayriqonuniy zoʻrlik yoki ogʻir haqorat, shuningdek aybdorning yoki uning yaqin kishisining oʻlimiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetkazilishiga sabab boʻlgan yoxud sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa gʻayriqonuniy harakatlar tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.