Tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini oʻz ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif qilish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, muhofaza qilinadigan integral mikrosxema topologiyasini, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani oʻz ichiga olgan buyumni ruxsatsiz qoʻllash, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, sotuvga qoʻyish, sotish, takrorlash va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish, patentlangan seleksiya yutugʻini ruxsatsiz yetishtirish va takror yetishtirish (koʻpaytirish), nav yoki nasllilik konditsiyalariga yetkazish, seleksiya yutugʻidan ruxsatsiz foydalangan holda yaratilgan mahsulotni sotishga taklif etish, sotish, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki saqlash koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda; g) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. Birinchi marta jinoyat