Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat siri hisoblangan maʼlumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek yetkazish maqsadida qoʻlga kiritishi, yigʻishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirigʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa maʼlumotlarni yetkazishi yoki yigʻishi — oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Chet el razvedkasi bilan hamkorlik qilishga jalb qilingan shaxs, basharti, oʻziga yuklatilgan topshiriqni bajarish yuzasidan hech qanday harakat sodir etmasdan, bu haqda oʻz ixtiyori bilan hokimiyat organlariga xabar bersa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Oʻzining jinoiy faoliyatini ixtiyoriy ravishda toʻxtatgan va qilmishi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga maʼlum qilib, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan shaxs, basharti, davlat uchun kelib chiqishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlarning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi.