Jinoyat kodeksi 169-modda. Oʻgʻrilik

Oʻgʻrilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻgʻrilik: a) jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qoʻl yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik); b) ancha miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; g) uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga gʻayriqonuniy ravishda kirib; d) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan; e) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga elektr energiyasi, gaz yoki suv taʼminoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻgʻrilik: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib; v) koʻp miqdorda; g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va