Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin roʻy bergan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash: a) takroran; b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qasddan yashirilgan, kamaytirib koʻrsatilgan foyda (daromad) boʻyicha soliqlar va yigʻimlar toʻliq toʻlangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. Agar birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs soliqlar va yigʻimlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini tergovga qadar tekshiruv, tergov va birinchi instansiya sudi bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha, koʻp miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravaridan ming baravarigacha, juda koʻp miq