Jinoyat kodeksi 201-modda. Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish

Xoʻjalik faoliyatida oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral oʻgʻit, oʻsish biostimulyatori yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.