Jinoyat kodeksi 203-modda. Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish

Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.